Amerikalik ogʻir atletikachining Jahon chempionatida koʻrsatgan natijalari doping sababli bekor qilindi
AQSH Milliy antidoping agentligi (USADA) ogʻir atletika boʻyicha AQSH terma jamoasi aʼzosi Ian Uilsonni uch yilga diskvalifikatsiya qilgani haqida xabar berdi.
27 yoshli sportchi 2021-yil 2-dekabr kuni ijobiy doping-test topshirgan. Uning musobaqadan tashqari davrda olingan doping-sinamasida “stanozolol” va “drostanolon” taqiqlangan moddalari aniqlangan.
Lekin doping natijalari chiqqanga qadar u Toshkentda boʻlib oʻtgan 2021-yil Jahon chempionatida ishtirok etishga ulgurgan hamda beshinchi oʻrinni egallaganiga qaramay, Uilsonning bu natijasi bekor qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring