Amerikalik lotereyada ikki marta 4 million dollar yutib oldi

10:05 25 Iyun 2020 Dunyo
912 0

Michigan shtati fuqarosi Mark Klark uch yil ichida ikkinchi marotaba lotereyada 4 million dollar yutib oldi, deya xabar beradi UPI.

Himoya qatlamini oʻchirayotganda marhum otasidan qolgan “sehrli tanga” dan foydalangan Klarkning soʻzlariga koʻra, aynan shu omadli tanga, ehtimolki, unga gʻalaba qozonishiga yordam bergan.

“Hech qachon bir kun kelib millionlarni (tah. dollarni) yutaman deb oʻylamaysan. Ayniqsa, buning ikki marta sodir boʻlishi xayolingga ham kelmaydi”, deya qoʻshimcha qildi lotereyada ikki marotaba 4 million dollar yutib olganidan hayratda qolganini yashirmagan Mark.

Maʼlum boʻlishicha, Klark pullarini taʼtilga hamda oʻgʻli va oilasi uchun sarflashni rejalashtirmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер