Amerika Qoʻshma Shtatlariga yuborishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan Yangiyer shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Yo.A. (muqaddam sudlangan) tanishi U.P. bilan oʻzaro til biriktirib, fuqaro M.A.ni Amerika Qoʻshma Shtatlariga borishi uchun viza hujjatlarini rasmiylashtirib, Turkiya va Meksika davlatlari orqali yuborishi evaziga U.P. 8 100 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring