Amerika kompaniyasi koinotga sayohat uchun chiptalar sotuvi boshlanganini eʼlon qildi

02:17 17 Fevral 2022 Dunyo
934 0

Foto: Virgin Galactic

Amerikaning “Virgin Galactic” kompaniyasi sayyohlar uchun koinotga chiptalar sotuvi boshlanganini eʼlon qildi. Bitta chiptaning minimal narxi 450 000 dollarni tashkil qiladi. Ular 16-fevraldan savdoga chiqarilgan.

Sayohat 90 daqiqa davom etadi. Kompaniya koinotga sayr hayratlanarli onlarni taqdim etishini vaʼda qilmoqda. Kompaniya 2022-yil davomida 1000 ta chipta sotish va ularning egalarini koinotga yuborishni rejalashtirgan. 

Chipta narxiga boʻlajak astronavtlar uchun bir necha kunlik tayyorgarlik, shuningdek, qulayliklarga ega individual turar joy kiradi. Parvozlar Nyu-Mexikoda amalga oshiriladi. 

Chiptalar sotuvi boshlangani eʼlon qilinishi bilan "Virgin Galactic«ning aksiyalari narxi 10 foizga oshgan. Vaholanki, oʻtgan yil ularning qiymati 85 foizga pasaygan edi.

Eslatib oʻtamiz, "Virgin Galactic“ egasi Richard Brenson 2021-yilning iyul oyida koinotga uchgan edi. Undan bir necha kun oʻtib Yer yuzining eng boy odami Jeff Bezos ham fazoga “aylanib kelgan” edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер