"Alpomish"ning qaytishi
“Alpomish” dostonida xalqimizning qon-qoniga singib ketgan mehr-oqibat, odamiylik, mardlik va jasorati tarannum etilgan. Shu bois uni har qancha o‘qisak ham qayta-qayta mutolaa qilgimiz, baxshilar ijrosida tinglagimiz kelaveradi.
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan “Alpomishning qaytishi” spektakli esa tomoshabinga ma’naviy zavq ulashadi. O‘zbekiston xalq shoiri U. Azim ssenariysi asosida sahna olib chiqilgan mazkur dramaga O‘zbekiston san’at arbobi M. Ravshanov rejissyorlik qildi.
Undagi asosiy rollarni O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti G. Ravshanova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar X. Oripov, K. Burxonovlar bilan bir qatorda F. Boltayev, A. Safarov, N. Ahmedova singari iste’dodli aktyorlar ijro etishgan.
Mazkur asar millatlararo totuvlik, milliy an’ana va qadriyatlarni ulug‘lash, Vatanga sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring