Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi idoraviy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Bildirilishicha, mazkur nizomga koʻra, maxsus pedagoglar uchun aniq malaka talablari joriy etildi. Xususan, ular korreksion pedagogika va defektologiya yoʻnalishida oliy maʼlumotga ega boʻlishi hamda oʻquvchilarning ehtiyojiga mos maxsus metodikalarni (imo-ishora tili, Brayl alifbosi, nutq nuqsonlarini bartaraf etish usullari) bilishi shart.
Shuningdek, hujjatda dars soatlarini taqsimlashning ustuvor tartibi ham belgilangan. Unga koʻra, dars yuklamalari avvalo malaka toifasi yuqori boʻlgan, milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega pedagoglarga beriladi.
Bundan tashqari, bir pedagog uchun yuklama odatda 0,5 stavkadan kam va 1 stavkadan ortiq boʻlmasligi, ayrim holatlarda esa 1,5 stavkagacha ruxsat etilishi nazarda tutilgan.
Nizom bilan tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish, koʻrib chiqish va tasdiqlashning aniq muddatlari belgilangan. Jumladan, dars soatlari 17-sentyabrga qadar elektron tizimga kiritiladi, 25-sentyabrga qadar esa vakolatli organ tomonidan tasdiqlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring