Alohida o‘qitish qanday natija berdi?

16:23 14 May 2018 Dunyo
1949 0
Foto: bloknot.ru

Ikki yil muqaddam Rossiyaning Biysk shahridagi 20-sonli maktabda 1-sinfga kelgan o‘quvchilarni qiz va o‘g‘il bolalarga ajratib o‘qitish bo‘yicha tajriba boshlangan.

Ayni vaqtda bu sinflarning o‘quvchilari 2-sinfda ta’lim olishmoqda. Yaqinda ushbu tajribaning natijalari haqida ma’lum qilindi.

E’tiborlisi, bundan o‘qituvchilar ham, ota-onalar ham hayratda qolishmoqda. Gap shundaki, har ikki sinfda ham fanlarni o‘zlashtirish darajasi oshgan. Masalan, aralash sinflarda “to‘rt” va “a’lo” baholar olganlar o‘rtacha 50 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, alohida sinflarda bu 89 foiz (qizlar), 65 foiz (o‘g‘il bolalar)ni tashkil etmoqda.

Yana aralash sinflarda darslarda 40 foiz o‘quvchilar faol bo‘lsa, alohida sinflarda deyarli hamma faol bo‘lgan.

Ruhshunoslar bu muvaffaqiyatni ta’lim qizlar va o‘g‘il bolalar uchun tushunarli tilda olib borilgani bilan izohlanmoqda.

Ayrimlar o‘qitish bolalarning ijtimoiylashuviga xalaqit qiladi, degan fikrni ham ilgari surishmoqda. Ammo buni inkor etayotganlar ham bor. Ularning aytishicha, bolalar baribir birga o‘ynashadi, ko‘chada, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilishadi.

Mutasaddilar tajribani 8-sinfgacha davom ettirish ko‘zda tutishgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер