Alisher Shodmonov: Koronavirusga chalinganlar orasida ogʻir ahvoldagi bemorlar yoʻq!
Arxiv surat
Oʻzbekistonda koronavirusga chalingan oʻzbekistonliklar soni 8 nafar boʻlib, ular orasida ogʻir ahvoldagi bemorlar yoʻq. Bu haqda Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov “Oʻzbekiston 24” kanali orqali bergan intervyusida maʼlum qildi.
Vazirning soʻzlariga koʻra, bugungi kunda shifoxonalarda 641 nafar fuqaro karantinda turibdi. Ular orasida Seuldan olib kelingan 212 nafar fuqaro ham bor.
“Ularda kasallik yoʻq, lekin bemor bilan yaqin muloqotda boʻlishgan”, dedi Shodmonov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring