Alisher Qodirov: Shunday sharoitda yeri yaxshi, suvi bor, sharoiti boʻlib turib tomorqasiga oʻzi uchun, oʻzi xohlagan biron narsa ekmagan fuqaroni jarimaga tortishga qarshi emasmiz

09:52 16 Aprel 2020 Jamiyat
1717 0

Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Mamuriy javobgarlik kodeksining 65-moddasiga birinchi qoʻshimcha sifatida tomorqadan foydalanmaganlik uchun jarima belgilash masalasi koʻrib chiqiladi.

Qonun loyihasi “Milliy tiklanish” fraksiyasi yigʻilishida jiddiy muhokamaga sabab boʻldi. Qonun loyihasining dispozitsiyasi “ogohlantirilganidan keyin, ekmaslik uchun asosi boʻlmagan” (!) tomorqa egalarini jarimaga tortish yoʻnalishida oʻzgartirildi.

Bundan tashqari, tomorqadan samarali foydalanganlik uchun ragʻbatlantirish mexanizmlarini yana-da takomillashtirish maqsadida Hukumat qarori qabul qilinmoqda.

Bu bizni qoniqtiradi.

Nega? Xalqaro ekspertlarning taxminlariga koʻra pandemiyadan keyingi davrda butun dunyoda 1,6 milliard inson ocharchilikka duch kelishi kutilyapti. Keskin oziq-ovqat yetishmovchiligi yuzaga keladi.

Shunday sharoitda yeri yaxshi, suvi bor, sharoiti boʻlib turib tomorqasiga oʻzi uchun, oʻzi xohlagan biron narsa ekmagan fuqaroni jarimaga tortishga qarshi emasmiz. Ekmaslik uchun asosi boʻlgan xonadonlar jarimaga tortilmaydi (!)

Alisher QODIROV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari,

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер