Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tomoshabinlar uchun yangi koʻrinishda ish boshlaydi(Foto)

17:10 17 Avgust 2020 Madaniyat
1876 0

«Oʻzbekkino» milliy agentligi tomonidan qayta taʼmirlanayotgan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy tez kunda yangicha va zamonaviy koʻrinishda tomoshabinlarni kutib oladi.

Yangidan taʼmirlanayotgan kinosaroyda joriy yilning soʻnggiga qadar 10 dan oshiq filmlarning katta premyerasi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Premyerasi kutilayotgan filmlar sirasiga “Ibrat”, “Tengiz”, “Tanho qayiq”, “Oʻzbekcha ajrashish”, “Orzular qanotida”, «Men terrorchi emasman», “Muhabbat bahori”, “Mahmudxoʻja Behbudiy”, “Rangsiz tushlar”, “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi”, «Shapatillo va qizil sumkacha», “Baron-2” kabi kinoasarlar kiradi.

Hozirda kinosaroyning qarovsiz qolgan qismlari qayta taʼmirlanib, jihozlanmoqda. Kinosaroy birinchi qavatida retro avtomobillardan iborat eksponatlar, ikkinchi qavatda esa mototsikllar koʻrgazmasi tashkil etilishi koʻzda tutilgan. Bundan tashqari, chipta sotish xonalari, ovqatlanish burchaklari, kutish zallari ham qayta yangilanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер