Alimentchi ota farzandlariga uy hadya qildi

14:44 22 Iyun 2023 Jamiyat
411 0

Mamlakatimizda ota-onalarning farzandlari oldidagi burchi, moddiy taʼminoti va tarbiyalashga masʼulligi amaldagi qonunlarimizda qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Ajralishlar oqibatida baʼzi otalar bu burchni unutib qoʻyishadi. Muammo sud idoralarida hal etiladi.

Samarqand viloyatining Nurobod tumanida yashovchi ota 4 farzandi uchun aliment toʻlashni unutgani bois sud idorasida qilmishiga javob berishiga toʻgʻri keldi. U oʻzining nomida boʻlgan ikki xonali uy kalitini aliment toʻlovi oʻrniga farzandlariga hadya qildi.

Joriy yilning 21-iyul kuni undiruvchi N. O. taklifni qabul qilgach, qarzdor R. E. Nurobod shahridagi ikki xonali uyni farzandlarining nomiga notarius orqali rasmiylashtirib berdi. Taraflar oʻrtasidagi kelishuvga asosan sud qarzdor ota ustidan toʻplangan ijro hujjatini harakatdan toʻxtatdi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер