Aliment undirish boʻyicha yangi normalar belgilanadi

12:07 28 Fevral 2020 Siyosat
55596 0

Hasan Paydoyev("Xalq so'zi")

Senatning ikkinchi yalpi majlisida qator qonunlar maʼqullandi.

Jumladan, “Bola huquqlarining qoʻshimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunida aliment undirishning yangi normalari belgilanmoqda.

Buning bir qancha sabablari bor, dedi senator Baxtiyor Sayfullayev. Oilada bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini ifoda qilish, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama davrida soʻzlashga haqlidir. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qatʼiy nazar, koʻrib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.

Senatorning soʻzlariga koʻra, ota-ona va bola alohida-alohida yashagan taqdirda, vasiylik va homiylik organlari, shuningdek oʻn toʻrt yoshga toʻlgan bola bir vaqtning oʻzida ota va onadan voyaga yetmagan bolalarning taʼminoti uchun aliment undirish toʻgʻrisida daʼvo qoʻzgʻatishga haqli.

Shuningdek, “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartishlar kiritilib, unga koʻra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganda, shu jumladan ota-ona (ulardan biri) yoki ota-onaning oʻrnini bosuvchi shaxslar bolaga taʼminot, tarbiya va taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda yoxud ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganda bola oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini soʻrab vasiylik va homiylik organiga, shuningdek boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilishga haqli. Bunday murojaatlarni bola toʻliq muomala layoqatiga ega boʻlmaganligi sababli koʻrib chiqmasdan qoldirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Qonun bilan endilikda oilada har qanday masala hal qilinayotganda bola oʻz fikrini ifoda etish, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki maʼmuriy muhokama jarayonida soʻzlashga haqli hisoblanadi. Bunda qaror qabul qilishga vakolatli boʻlgan organlar va mansabdor shaxslar bolaning manfaatlariga taalluqli masalalarni hal qilishda bolaning fikrini, uning yoshidan qatʼiy nazar, koʻrib chiqishi hamda bolaning eng ustun manfaatlaridan kelib chiqqan holda qarorlar qabul qilishi kerak.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Munisxon Karimova/ “Xalq so?zi”- Online.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер