“Al-Nasr” jamoasi ishonchli gʻalabaga erishdi

11:41 12 Aprel 2026 Sport
416 0

Kecha, 11-aprel kuni futbol boʻyicha Saudiya Arabistoni Professional ligasining 28-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nasr” jamoasi safarda “Al-Ohdod” jamoasi mehmoni boʻldi.

Uchrashuv “riyadliklar”ning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 15-daqiqada Krishtianu Ronaldu tomonidan ochildi. Taʼkidlash joizki, bu Ronalduning faoliyati davomidagi 968-gol boʻldi. Birinchi boʻlim shu hisob bilan yakunlandi.

Ikkinchi boʻlimning 47-daqiqasida Joau Feliks hisobni 0:2 koʻrinishiga keltirdi. Shu tariqa “Al-Nasr” klubi muhim oʻyinda muhim gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Jamoa musobaqadagi keyingi oʻyinini 15-aprel sanasida “Al-Ettifoq” klubiga qarshi oʻtkazadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер