“Al-Hilol” Elit chempionlar ligasini tark etdi

08:35 14 Aprel 2026 Sport
192 0

Kecha, 13-aprel kuni futbol boʻyicha Osiyo Elit chempionlar ligasining gʻarbiy mintaqasida nim chorak final bosqichi oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Al-Hilol” jamoasi oʻz maydonida Qatarning “Al-Sadd” klubini qabul qildi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 3:3 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarga Saudiya klubidan Markos Leonardo, Salim Al-Dovsari va Sergey Milinkovich-Savich mualliflik qildi. “Al-Sadd”ning javob gollari esa Roberto Firmino, Rafa Murika va Klaudinyo hisobiga yozildi.

Penaltilar seriyasida esa omad “Al-Sadd”ga kulib boqdi. Qatar klubidan penaltilarni amalga oshirgan Akrom Afif, Agustin Soriya, Klaudinyo va Rafa Murika gol kiritishdi. Faqatgina Roberto Firminoning zarbasi gol bilan yakunlanmadi.

“Al-Hilol” jamoasida esa Karim Benzema va Saymon Buabre zarbada adashdilar. Shu tariqa Simone Inzagi boshqaruvidagi klub xalqaro maydondagi ishtirokini yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер