“Al-Azhar” oliy fatvo qoʻmitasi tashkil etildi

18:18 15 Dekabr 2020 Dunyo
1400 0

Misrning “Al-Azhar” majmuasi rahbari, shayx, doktor Ahmad At-Tayyib “al-Azhar” oliy fatvo qoʻmitasini tashkil etishga qaror qildi. Unga doktor Abbos Shuman yetakchilik qiladi. Fatvo oliy qoʻmitasiga fatvo masalasi boʻyicha faoliyat olib boruvchi barcha hayʼatlar (“al-Azhar” fatvo markazi, “al-Azhar” universitetidagi markaziy fatvo qoʻmitasi, Misr fatvo qoʻmitasining viloyatlardagi boʻlinmalari) boʻysinadi.

Shuningdek, shayx, doktor Ahmad At-Tayyib fatvoga oid umumiy siyosat va uni nazorat qilish tartiblarini belgilash uchun “al-Azhar” maslahat kengashini tuziladi, Kengashga Misr Arab Respublikaning sobiq muftiysi, doktor Nasr Farid Vosil, “al-Azhar” rahbari muovini doktor Muhammad Abdurrohman ad-Daviniy va “al-Azhar” universiteti prorektori doktor Muhammad Abu Zayd al-Amir ham kiradi.

“Al-Azhar” majmuasi rahbarining sobiq muovini, doktor Abbos Shuman, Islom tadqiqotlari Akademiyasi bosh kotibi doktor Nosir Muhammad Ayyod, Islom tadqiqotlari Akademiyasi aʼzosi, doktor Abdulloh an-Najjar va Misr ulamolari kengashi aʼzosi doktor Hamdi Subh ham maslahat kengashi aʼzolari sanaladi.

Yetti ulamodan iborat “al-Azhar” oliy fatvo qoʻmitasi hukumat va xususiy sunʼiy yoʻldosh kanallari orqali tortishuvga sabab boʻlayotgan munozarali fatvolar muammosiga barham berish maqsadida tashkil etilgan. Unda munozarali savollarga fatvo beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер