Aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda Bojxona qoʻmitasining Namangan viloyati boshqarmalari tomonidan Chust tumani “Zarafshon” MFY hududida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.S. oʻzining “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasida xorijda ishlab chiqarilgan hech qanday hujjati boʻlmagan 5 000 quti “Milano” nomli aksiz markasiz tamaki mahsulotini oʻtkazish maqsadida olib kelganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring