Akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari soni 651 nafarga yetdi

09:23 16 Aprel 2023 Siyosat
963 0

Markaziy saylov komissiyasining 14-aprel kuni oʻtkazilgan majlisida qabul qilingan qarorga koʻra 17 ta mahalliy OAV tashkilotidan 144 nafar, 2 ta xorijiy OAV tashkilotidan 11 nafar OAV vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazildi.

Endilikda, akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarining umumiy soni 651 nafarni tashkil etmoqda.

Mahalliy OAVdan:

47 ta teleradiokanal, 36 ta bosma OAV, 9 ta internet nashrlari hamda 2 ta axborot agentligining 614 nafar vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan.

Xorijiy davlatlarning 21 ta OAVning 37 nafar vakillari akkreditatsiyadan oʻtkazilgan.

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan OAV vakillarini akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер