Axborot olish erkinligi va masʼuliyat
Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talaba yoshlari uchun “Axborot olish erkinligi taʼminlashning huquqiy asoslari” mavzuida trening boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi hamda Buyuk Britaniyaning Toshkentdagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan tadbir ommaviy axborot vositalari xodimlarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, yurist va jurnalistlarning axborot-kommunikatsiya makonida oʻzaro aloqalari samaradorligini oshirish masalalariga bagʻishlandi.
Treningda Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari uchun tajribali yurist va jurnalistlar tomonidan mashgʻulotlar oʻtildi. Ayni chogʻda maʼlumot olish erkinligining qonuniy asoslari, jurnalistlar faoliyatining axloqiy jihatlari batafsil muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuvlar “Oʻzbekistonda ommaviy axborot vositalari erkinligini qoʻllab-quvvatlash uchun jurnalistlarning xuquqiy savodxonligini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan boʻlib, 4-noyabrga qadar davom etadi.
Sitora MAHMUDOVA,
Oʻz JOKU talabasi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring