Ayrim mahsulotlar QQSdan ozod etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Zargarlik sanoatini yana-da rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2021-yil 1-mayga qadar Soliq kodeksiga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlaydi:
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishda hosil boʻladigan parchalarni va chiqindilarni, qimmatbaho metallarning oʻlchov plastinalari va granulalari, qimmatbaho va yarim qimmatbaho toshlar, qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish boʻyicha aylanmani qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etish;
2023-yil 1-martga qadar “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun berilgan soliq imtiyozlarini tatbiq etish.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring