Aholini roʻyxatga olish — muhim tadbir

18:42 03 Sentyabr 2021 Jamiyat
589 0

Roʻyxatga olish muhim tadbiri respublikamiz aholisining nufuzini aniqlaydi. Ularning yoshi, jinsi, fuqaroligi, milliy tarkibi, oilaviy ahvoli, maʼlumoti, kasbi, uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi, mehnat resurslari, bandligi va ishsizligi, daromad manbalari kabilar boʻyicha batafsil maʼlumot toʻplanadi. Bu aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan makroiqtisodiy koʻrsatkichlarnigina emas, yurtdoshlarimiz migratsiyasi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni ham shakllantirishga xizmat qiladi. Shu tariqa, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, ayollar va bolalar salomatligini yaxshilash va oilalarga yordam koʻrsatish boʻyicha dasturlarni manzilli ishlab chiqish imkoniyati kengayadi.

Aholi punktlari infratuzilmasini yaxshilash, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish va samarali joylashtirish boʻyicha qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlar, dasturlarni ishlab chiqishda bu maʼlumotlar nihoyatda qoʻl keladi. Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish koʻrsatkichlarini shakllantirish va monitoringini yuritish, xalqaro tashkilotlar va foydalanuvchilar tahlillari uchun keng qamrovli axborotlar manbai yaratiladi.

Shu maqsadda Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi Boyovut tuman boʻlimi tomonidan Aholini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish ishlari boʻyicha joylarga chiqib aholiga targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlari olib borilishi keng miqyosda olib borilmoqda.

Bu yerda aholini roʻyxatga olish uchun maʼlumotlari «ijtimoiy himoya», “investitsiya”, “uy-joy”, «sogʻliqni saqlash» “madaniyat” «turizim» “taʼlim” «yul qurilish va infratuzilma» kabi manzilli dasturlarni tayyorlanishiga va amalga oshirishda xizmat qiladi. Kelgusida aholini roʻyxatga olish natijalariga asoslanib ushbu dasturlarni amalga oshirish natijalarini baholash iqtisodiy prognozlash va demografik siyosatni shakllantirishga muhim ahamiyat kasb etadi.

2023-yil 1 — 25-noyabr kunlari ushbu keng miqyosida boʻlib oʻtadigan Aholini roʻyxatga olish ishlari tadbirida yurtdoshlarimizni faol yondashishga chorlab qolamiz. Aholini roʻyxatga olish mustakil Oʻzbekistonda tarixiy voqea hisoblanadi..

Mahmud ISHONQULOV,
Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi
Boyovut tumani boʻlimi boshligi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер