Aholini ish bilan ta’minlash muhokamalar markazida bo'ldi

21:13 15 Sentyabr 2023 Jamiyat
599 0

Xorazm viloyatining Urganch shahrida xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi bandligini ta’minlash shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasini ta’minlash hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.

Keyingi yillarda aholini ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallabay ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish orqali kambag‘allikni qisqartirish mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning bosh mezoniga aylandi. O‘tgan qisqa davrda bu borada Urganch shahrida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Deputatlar yoshlar va xotin-qizlarning bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni ijobiy baholash bilan birga, hududda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratish uchun katta imkoniyatlar borligini qayd etdilar. Shuningdek, aholi bandligini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdilar.

Sessiya yig‘ilishida kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Urganch shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining axboroti tinglandi.

Qayd etilganidek, shaharda yoshlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, barkamol shaxs etib voyaga yetkazish uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning huquq va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarga qaramay, jinoyatchilik soni oshmoqda.

Deputatlar yuzaga kelgan salbiy holatlarni chuqur tahlil qilib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdilar.

Sessiyada Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Z.Ibragimova hamda quyi palata deputatlari ishtirok etdi va yangi tahrirdagi Konstitutsiya, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi hamda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorining ahamiyati, mazmun-mohiyati haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер