Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish sifati yaxshilandi

14:07 02 Aprel 2026 Jamiyat
219 0

Respublikamizda tibbiyot sohasiga boʻlgan eʼtibor tufayli hatto chekka hududlarda ham aholiga sifatli xizmat koʻrsatishga erishilmoqda. Buloqboshi tumanida markaziy shifoxona uchun yangi zamonaviy bino qurilib, foydalanishga topshirilganligi ham bunga misoldir. Loyiha qiymati 15 milliard soʻmni tashkil etgan ushbu inshootda 122 oʻrinli yuqumli kasalliklar, rejali jarrohlik, reanimatsiya hamda shoshilinch qabul boʻlimlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Barcha boʻlimlar zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangani aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qilmoqda.

— Foydalanishga topshirilgan bino aholiga xizmat koʻrsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqdi, desam xato boʻlmaydi. Boisi, barcha boʻlimlar yangi va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlandi, — dedi Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mahmudjon Gʻoziyev. — Eng muhimi, avval mavjud imkoniyatlar cheklangan boʻlsa, endilikda shifokorlar uchun ham, bemorlar uchun ham barcha sharoitlar yaratildi. Bu esa tashxis qoʻyish va davolash jarayonlarining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu orqali aholining tibbiy xizmatdan qoniqish darajasi ham ortishi tabiiy.

Mazkur shifoxonaning avvalgi binosi 1962-yilda qurilgan boʻlib, vaqt oʻtishi bilan bugungi kun talablariga javob bermay qolgan edi. Yangi binoda yaratilgan shart-sharoitlar esa nafaqat 160 ming nafar aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish imkonini bermoqda, balki soha rivojidagi muhim qadam sifatida ahamiyat kasb etmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер