Aholi farovonligini oshirishga qaratilgan amaliy sa’y-harakatlar

16:04 19 Fevral 2025 Jamiyat
349 0

Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan tuzilgan Respublika ishchi guruhi a’zolari besh kun davomida Toshkent shahri, Namangan va Buxoro viloyatlarining eng olis va chekka hududlarida o‘z faoliyatini davom ettirdi.

Ishchi guruh tomonidan biriktirilgan hududlardagi mahallalarda sayyor qabullar o‘tkazilib, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, migratsiyadagi fuqarolar bilan ishlash shuningdek, belgilangan boshqa masalalar bo‘yicha manzilli ishlar olib borildi.

Ishchi guruhlarga Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi mas’ul xodimlari, Oliy sud, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Mudofaa, Adliya, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari kabi qator idoralardan mas’ul rahbar-xodimlar jalb etildi.

Aholi kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf etish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishchi guruh tomonidan sayyor qabullar o‘tkazildi. Ularda 4 mingga yaqin murojaatlar kelib tushib, 1,2 mingdan ziyodi joyida hal etildi. Qolgan qismi qo‘shimcha o‘rganish va mablag‘ talab etganligi sababli ijro uchun nazoratga olindi.

Qabullarda fuqarolarning sud-huquq, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlik, moddiy yordam, kommunal va infrastruktura bilan bog‘liq masalalari yuzasidan murojaatlari tegishli soha mas’ullari tomonidan o‘rganilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar, aholi muammolarini mahallabay o‘rganishlar natijasida joylarda 11 km. yo‘l asfaltlashtirildi, 26,4 km. yo‘l shag‘allashtirildi. 225 dona temir-beton ustun o‘rnatilib, yangi 40,6 km. uzunlikdagi elektr tarmog‘i tortildi. 224 ta transformator, 2 mingdan ziyod gaz taqsimlash punkti kapital ta’mirlandi. 118 mingta qo‘shimcha suyultirilgan gaz ballonlari xonadonlarga yetkazib berildi.

Bu hali hammasi emas. Aholi orasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish maqsadida ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og‘ir, chegara hamda olis hududlarda joylashgan jami 395 ta mahallada mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Ularda 2 ming nafarga yaqin ishsiz fuqarolar bo‘sh o‘rinlariga ishga joylashtirildi.

Joylarda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari yordami bilan “G‘ijduvon tajribasi” asosida 6 ta yirik loyihalar ishga tushirilishi natijasida 2 mingdan ziyod yangi ish o‘rinlari ochildi.

Shuningdek, “Sayxunobod tajribasi” asosida 4 mingga yaqin mikroloyihalar amalga oshirilib, 8 mingdan ziyod aholining bandligi ta’minlanishi kutilmoqda. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan dastur doirasida 2 mingga yaqin fuqarolarga jami 27,1 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi. “Uychi tajribasi” asosida “mijozbay” ishlash orqali 6 mingta doimiy ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.

Nilufar ESHMAMATOVA,

O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер