Agrobank paxta xomashyosini yetishtiruvchilarga tomchilatib sugʻorish texnologiyasidan foydalanishni keng yoʻlga qoʻyish uchun kreditlar taqdim etmoqda!
Kredit maqsadi: paxta xomashyosini yetishtiruvchi qishloq xoʻjalik korxonalarida tomchilatib sugʻorish ishlarini tashkil etish.
Kredit miqdori: Mijoz tomonidan taqdim etilgan biznes reja va tovar moddiy boyliklarning oldi-sotdi shartnomasi summasi miqdorida (1 gektar yer maydoni uchun 15-20 mln. soʻm atrofida).
Kredit muddati: 3 yilgacha, 6 oylik imtiyozli davr bilan (mijoz tomonidan taqdim qilingan biznes rejaga asosan kreditni toʻliq qoplash davridan kelib chiqib 3 yildan ortiq muddatga ham berish mumkin).
Subsidiyalar: ekiladigan maydonning har 1 gektariga 8 million soʻm.
Kompensatsiya: Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat Jamgʻarmasi tomonidan mijozlarga ajratilgan kreditlarga hisoblangan foizlar boʻyicha 1 gektariga 20 million soʻmdan oshmaydigan qismining 10 foizli miqdori toʻlab beriladi.
Imtiyozlar: paxta xomashyosining mahalliy ishlab chiqaruvchilari, tomchilatib sugʻorish texnologiyasini joriy etish uchun zarur boʻlgan butlovchi qismlarini import qiluvchilar 2021 yilning 1 yanvariga qadar bojxona bojini toʻlashdan ozod etiladi.
Batafsil maʼlumot bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
Facebook: https://www.facebook.com/agrobankuzbekistan/
Instagram: https://instagram.com/agrobank_uz/
Telegram: https://t.me/AgrobankChannel
Sayt: www.agrobank.uz
Reklama huquqi asosida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring