Agar Kongressga oraliq saylovlarda respublikachilar gʻalaba qozonsa Baydenni impichment kutmoqda
Foto: Reuters
Agar Kongressga oraliq saylovlarda respublikachilar gʻalaba qozonsa Baydenni impichment kutmoqda.
AQSH prezidenti Jo Bayden oraliq Kongress saylovlarida Respublikachilar partiyasi gʻalaba qozonsa, unga impichment eʼlon qilishini tan oldi. Amerika yetakchisi bu haqda San-Diyego shahrida boʻlib oʻtgan demokratlar mitingida aytdi. Saylovlar 8-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
“Ular menga agar [Respublikachilar] Vakillar palatasi va Senatni qaytarib olsalar, menga impichment eʼlon qilishlarini aytishgan. Ammo nima uchun meni impichment qilishlarini bilmayman”, dedi Bayden.
Avgust oyi oxirida “The Hill” gazetasi respublikachilar noyabr oyida AQSH oraliq saylovlaridan keyin Baydenga impichment eʼlon qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Material mualliflarining taʼkidlashicha, bir qator konservatorlar prezidentga qarshi impichment moddalarini joriy Kongressga taqdim etishgan. Ular Baydenni chegara nazorati, koronavirus pandemiyasi va AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan olib chiqib ketilishi kabi qator masalalarga yondashuvida “ogʻir jinoyatlar” sodir etganlikda ayblamoqda.
AQSH Kongressi Vakillar palatasining respublikachi aʼzosi Marjori Teylor Grin allaqachon AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning uyida tintuv oʻtkazilgani sababli Baydenga impichment eʼlon qilishga chaqirgan edi. Respublikachi senator Ted Kruz bir vaqtning oʻzida Baydenning impichmenti uchun “koʻp asoslar” boʻlishini doimiy ravishda taʼkidlaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring