Agar ish masofaviyga oʻzgartilsa, mehnat shartnomasida oʻzgarish boʻladimi yoki oylik toʻlovida oʻzgarish boʻladimi? — inspektor javobi

13:03 20 Aprel 2020 Jamiyat
1161 0

Bugun AOKA shtabida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Davlat mehnat inspeksiyasi inspektori Gulruh Niyozmetova ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Quyida brifing davomida muhim savollarga qaytarilgan javoblar taqdim etiladi.

Savol: Agar ish masofaviyga oʻzgartilsa, mehnat shartnomasida oʻzgarish boʻladimi yoki oylik toʻlovida oʻzgarish boʻladimi?

Javob: Karantin davrida ish beruvchilar xodimlarning roziligi bilan mehnat shartnomaga tegishli oʻzgartirish kiritilib, xodimlarni masofaviy ish usulida, moslashuvchan ish jadvalida yoki uyda ishlashga oʻtkazishlari mumkin.

Shuningdek, ushbu holatlarda xodimning mehnatiga haq toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:

- mehnatga haq toʻlashdagi soatbay asosida — xodimning masofaviy ishga oʻtkazilgunga qadar belgilangan tarif stavkasi (lavozim okladi)dan kelib chiqqan holda;

- mehnatga haq toʻlashdagi ishbay asosida — oʻrnatilgan narxlardan kelib chiqqan holda.

Demak, ushbu holatda Sizga oylik ish haqlari Ish beruvchi va Siz oʻrtangizda tuzilgan mehnat shartnomasida nazarda tutilgan tartibda toʻliq toʻlab beriladi.

Savol: Kollej oʻqituvchi va xizmat koʻrsatuvchi xodimlari yillik mehnat taʼtillariga chiqarilgan. Endilikda tashkilotda boʻsh ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi hisobot topshirilmagani sababli Xiva shahar bandlikka koʻmaklashish markazi tashkilot rahbarini maʼmuriy jarimaga tortmoqda.

Koronavirus pandemiyasi sababli xodimlar mehnat taʼtilidaligi davrida hisobot topshirilmaganligi sababli maʼmuriy jarimaga tortilishim qonuniymi?

Javob: Kichik korxonalardan tashqari, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar barcha korxona, tashkilot va muassasalar ish beruvchilari boʻsh ish joylari bor-yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda xodimlarning ishdan ozod qilinishi toʻgʻrisidagi axborotlarni tuman, shahar aholi bandligiga koʻmaklashish markaziga har oyning 5-sanasidan kechiktirmasdan har hisobot oyining 30-31 sanasi holati boʻyicha elektron yoki qogʻoz shaklida taqdim etishi SHART.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi qabul qilingan qarorlarda ish beruvchilarni boʻsh ish oʻrinlari haqidagi maʼlumotlarni taqdim etmaslikdan OZOD QILINMAGAN, shu sababli maʼlumotlar belgilangan muddatlarda taqdim etilishi lozim.

Shu sababli, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 229-moddasiga asosan boʻsh ish oʻrinlarini yashirish yoki axborotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik uchun maʼmuriy jarima qoʻllash asosli hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер