Afgʻonistonga insonparvarlik yordami yuborildi
Qoʻshni Afgʻonistonda roʻy bergan zilzila oqibatida jabr koʻrganlarga yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirigʻiga binoan Afgʻonistonga navbatdagi insonparvarlik yordami yuborildi.
Oziq-ovqat mahsulotlari, birlamchi zarur predmetlar va medikamentlardan iborat jami 74 tonna yuk ortilgan samolyot Afgʻonistonga joʻnab ketdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring