Afgʻonistonda yagona boʻlgan sport telekanali faoliyatini toʻxtatdi
Arxiv surat
Afgʻonistonda yagona sport telekanali hisoblangan “3 Sport” koʻrsatuvlarni efirga uzatishni toʻxtatdi.
Bunga iqtisodiy muammolar va “Tolibon” harakati hokimiyatga kelganidan keyin qoʻyilgan cheklovlar sabab boʻlgan.
“3 Sport” telekanali efirining toʻxtatilishiga sabab iqtisodiy muammolar va hukumat tomonidan barcha ommaviy axborot vositalariga qoʻyilgan cheklovlar», deyiladi xabarda.
Sentyabr oyi boshida toliblar ayollarga sport bilan shugʻullanishni taqiqladi. Harakat vakili shu munosabat bilan bergan murojaatida aytilishicha, sport bilan shugʻullanayotgan vaqtda tananing baʼzi qismlari ochilib ketishi mumkin va va bu shariat qoidalariga zid.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring