Afgʻonistonda koronavirusga chalingan soni 28 ming nafardan oshdi
Afgʻonistonda oʻtgan bir sutkada yana 546 kishida koronavirus aniqlandi, 21 nafar bemor vafot etdi, deb xabar beradi Tolo News.
Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlumotlariga koʻra, Afgʻonistonda koronavirusga chalinganlar soni 28 424 kishini tashkil etmoqda.
Oʻtgan bir sutka davomida poytaxt Qobulning oʻzida 231 kishida koronavirus aniqlangan.
Butun mamlakat boʻylab koronavirus oqibatida vafot etganlarning jami soni 569 kishiga yetdi, hozirga qadar 8292 bemor davolanishga muvaffaq boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring