Afgʻoniston poytaxtida kuchli portlash sodir boʻldi — OAV

00:21 20 Fevral 2022 Dunyo
1077 0

Arxiv surat

19-fevral kuni Afgʻoniston poytaxti Kobul shahrida kuchli portlash sodir boʻldi. Bu haqda mahalliy "Aamaj News" axborot agentligi xabar bermoqda.

Manbaga koʻra, voqea shaharning shimoli-gʻarbidagi Xayrxon kvartalida sodir boʻlgan. Portlashdan keyin hududda otishma ham yuz bergan. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida maʼlumot yoʻq. 

Portlash haqidagi maʼlumot “Tolibon” harakati vakillari tomonidan ham tasdiqlangan.

Oldinroq, “Tolibon” Afgʻonistonning Tojikiston va Oʻzbekiston bilan chegara hududlariga 10 ming kishilik qoʻshinni joylashtirayotgani haqida xabar bergan edik.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер