Afgʻoniston Islom Amirligini kim boshqarishi maʼlum boʻldi
Foto: Reuters
Afgʻoniston Islom Amirligi Haybatulloh Oxundzoda boshqaradi. U Afgʻoniston Islom Amirligi rahbari sifatida eʼlon qilindi.
61 yoshli Haybatulloh Oxundzoda “Moʻminlar yetakchisi” nomi bilan tanilgan, islom huquqshunos olimi, guruhning siyosiy, diniy va harbiy ishlari boʻyicha yakuniy hokimiyatga ega boʻlgan “Tolibon”ning oliy rahbari edi. Oxundzoda 2016-yildan boshlab harakat rahbari vazifasini bajarishni boshlagan. Rahbar boʻlishidan avval, 15 yil davomida Pokiston janubi-gʻarbidagi Kuchlak shahridagi masjidda dars bergan va vaʼz qilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring