Afgʻoniston tomondan Oʻzbekiston bilan chegaradosh hududga beshta reaktiv snaryad kelib tushdi
Arxiv surat
2022-yil 5-iyul kuni soat taxminan 16:20 atrofida Oʻzbekistonning chegaraoldi hududiga katta ehtimol bilan Afgʻoniston hududidan uchirilgan beshta reaktiv snaryadlarning kelib tushgani qayd etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, snaryadlar tushganida portlashlar yuz bermaganligi sababli insonlar nobud boʻlmagan va vayronagarchiliklar yuz bermagan. Termiz shahridagi “Majnuntol” mahallasida joylashgan 4 ta uy-joyga uncha yirik boʻlmagan ziyon yetgan, beshinchi snaryad esa futbol maydonidan topilgan. Aniqlangan snaryadlar sapyorlik boʻlinmalari tomonidan zararsizlantirilgan.
Hozirda Oʻzbekistonning vakolatli organlari Afgʻoniston tarafi bilan birgalikda mazkur hodisa sabablarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqdalar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring