Aeroportda chaqmoq urishi oqibatida bir xodim jarohatlandi
Turkiya shimoli-sharqidagi Rize Artvin aeroportida chaqmoq urishi hodisasi boʻldi. Favqulodda holat samolyot Istanbulga uchishga tayyorlanayotgan vaqtda yuz bergan.
“Samolyot eshigi yopilmoqchi boʻlib, joʻnab ketish jarayoni boshlanganda aeroportga chaqmoq tushdi”, deya xabar berdi Turkiya fuqarolik aviatsiyasi.
Natijada bir xodim yaralangan. U hushini yoʻqotgan va yiqilgan. Erkak kasalxonaga yotqizilgan. Samolyot toʻxtab qolgan hududda yana bir necha chaqmoq urishi sodir boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring