Advokat boʻlish uchun 2 yillik ish staji talabi bekor qilindi

12:31 10 Avgust 2023 Jamiyat
518 0

“Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-1-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qonun (OʻRQ–862, 09.08.2023-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga kiritilgan oʻzgartirishga koʻra:

Advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hayʼatida, yuridik maslahatxonada) kamida 3 oy muddat stajirovka oʻtashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shartligi belgilandi.

Ilgari talabgor shaxs yuridik mutaxassislik boʻyicha kamida 2 yillik ish stajiga ega boʻlish lozim edi.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер