Adliya vazirligi tizimida 109 ta korrupsiyaviy xavf-xatar aniqlangan

13:41 22 Dekabr 2022 Jamiyat
875 0

Foto: Arxiv surat

Bugun AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva tizimda korrupsiyaga qarshi kurash ishlari boʻyicha maʼlumot berdi.

Adliya organlari va muassasalari faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada takomillashtirish sohasida:

— davlat xizmatlarini koʻrsatishing yangi shakllari joriy qilinishi natijasida 17 ta davlat xizmatini kompozit tarzda koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi;

— Prezident qarori ijrosi yuzasidan vazirlik zimmasiga yuklatilgan barcha vazifalar ijrosi taʼminlandi;

— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti tasdiqlandi;

— mol-mulk va avtotransport vositalariga taqiq qoʻyish va undan chiqarishning elektron tartibini joriy etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер