Adliya vazirligi Faxriylar kengashi raisi oʻzgardi
Joriy yilning 19-avgust kuni Adliya vazirligi Faxriylar kengashi boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi.
Boshqaruv yigʻilishida Adliya vazirligi Faxriylar kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan Ermuhammad Shermatovich Shermatovni vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Boshqaruv qaroriga asosan Xayriddin Sirojiddinovich Fayziyevga Faxriylar kengashi raisi vazifasini bajarish yuklatildi.
Shuningdek, boshqaruv qaroriga asosan kengashning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi joriy yilning 5-sentyabr kuni Adliya vazirligi binosida oʻtkazilishi belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring