Adliya vaziri oʻrinbosari yoshlar bilan uchrashdi

15:25 10 Iyun 2023 Jamiyat
681 0

Davlatimiz tomonidan yoshlarning boʻsh vaqtiga mazmun olib kirish ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan boʻlib, hozirda yoshlar bilan ishlashning “mahalla — tuman — viloyat — respublika” tizimi yaratildi.

Ushbu tizim asosida eng birinchi oʻrinda yoshlar yetakchilari tomonidan uyma-uy yurib, “Yoshlar balansi”ni toʻliq shakllantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritish hamda mahallalarda uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Adliya vazirligi rahbariyati tomonidan muntazam ravishda yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning 9-iyun kuni adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyevning Toshkent viloyati Zangiota tumani “Obod” MFYda yoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda yoshlarni qiynayotgan muammolar va ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglanib, har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda ularning muammolari bilan vazirlik vakolati doirasida amaliy yordam yoki yoʻnalishlar berilishi borasida kelishib olindi.

Shahzoda ERGASHEVA,

OʻzDJTU talabasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер