Adliya vaziri Akbar Toshqulov Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri bilan uchrashdi

09:06 18 May 2023 Siyosat
643 0

Toshkent shahrida boʻlib oʻtayotgan “Tashkent Law Spring” III xalqaro yuridik forumi doirasida joriy yilning 17-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan Qirgʻiziston Respublikasi adliya vaziri Ayaz Bayetov oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvdan maqsad – mavjud munosabatlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish orqali ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash.

Uchrashuv davomida ikki davlat adliya vazirliklarining koʻp yillik hamkorligiga alohida urgʻu berildi. Shuningdek, Qirgʻiziston tomoniga mamlakatimizda adliya va huquq, davlat boshqaruvining ijtimoiy-iqtisodiy sohalaridagi keng koʻlamli islohotlar haqida hamda ushbu islohotlarning amalga oshirilishida adliya organlarining roli haqida atroflicha maʼlumot berildi.

Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish hamda mustahkamlash maqsadida hamkorlikda oʻzaro tadbirlarni davom ettirishga, tajriba almashishga qaratilgan qator amaliy ishlarni oʻtkazishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar ikki davlat adliya vazirliklari oʻrtasida turli turdosh sohalarda tajriba almashish maqsadida hamkorlik dasturini imzolashga kelishib oldilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер