Adirliklarda yangi tokzorlar
Foto: Халқ сўзи
Ayni kunlarda Jizzax viloyatining Forish, Baxmal, Gʻallaorol, Zomin va Yangiobod tumanlaridagi qir-adirliklarda yangi tokzorlar barpo etish ishlariga kirishildi.
Xususan, Forish tumanidagi Bogʻdon, Forish, Mehnatobod hududlarida jami 3 ming 209 gektar maydonga tok qalamchalari ekilayotir.
— 300 gektar maydonda dehqonchilik qilamiz, suvni artezian quduqlari orqali olib, ekinlar va koʻchatlarni tomchilatib sugʻoramiz, — deydi Forish tumanidagi “Buyuk Javohir timsoli” fermer xoʻjaligi rahbari Kamol Xolmatov. — Imkoniyatimizdan kelib chiqqan holda yana 50 gektar yer maydonini oʻzlashtirib, 80 ming tup “Qora kishmish” navli uzum qalamchalarini qadadik. 3 gektar maydonda yangi bogʻ yaratib, 2 gektar yerda koʻchatzor tashkil qildik. Natijada 10 nafar doimiy, 150 nafar mavsumiy ish oʻrinlari yaratildi.
Tolibjon ERGASHEV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring