“Adiblar xiyoboni”da Erkin Vohidov haykali qanday yaratilgan edi?!

08:25 29 Sentyabr 2020 Madaniyat
2570 0

Fargʻonalik yosh haykaltarosh Muhiddin Ibrohimov poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da Abdulla Qodiriy, Erkin Vohidov kabi bir qator milliy adabiyotimiz dargʻalari haykallarini yaratishda ishtirok etgani bilan faxrlanadi.

— Ustozim, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Azamat Hotamov boshchiligida Erkin Vohidov haykalini tayyorlash jarayoni juda ham qiziq boʻlgan, — deydi M. Ibrohimov. – Biz bir necha marotaba ijodkorning xonadonida boʻlib, turmush oʻrtogʻi va farzandlaridan Erkin Vohidovning ezgu fazilatlari xususida maʼlumotlar oldik. Haykalni yaratishda elimiz ardogʻidagi shoirning eng yaxshi xislatlari bizga ilhom manbai boʻlib xizmat qilgan.

B. Madiyorov
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер