Abituriyentlarni roʻyxatga olish boshlandi
2020-2021-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish boshlandi. Bu haqda DTM axborot xizmati xabar berdi.
Roʻyxatga olish 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) Davlat test markazining rasmiy veb-sayti (abitur.dtm.uz) va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilaymiz!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring