Abduqodir Husanov dunyoning eng past baholangan futbolchilari roʻyxatiga kiritildi

21:40 17 Mart 2026 Sport
400 0

Angliyaning “Manchester Siti” klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov dunyoning eng past baholangan (underrated) futbolchilari roʻyxatidan joy oldi. Ushbu reyting sport olamidagi eng nufuzli nashrlardan biri The Athletic tomonidan tuzib chiqildi.

Nashr mualliflarining taʼkidlashicha, joriy mavsumda Husanov oʻz oʻyinini yanada yuqori bosqichga olib chiqqan. Maqolada futbolchining kuchli jihatlari alohida qayd etilgan.

Uning maydondagi tezligi ekspertlarni hayratda qoldirmoqda. Himoyada vaziyatni toʻgʻri baholash va toʻp uchun agressiv kurashish qobiliyati yuqori. Hujumlarni boshlashda va toʻpni nazorat qilishda ham Husanov oʻzini koʻrsata olmoqda.

“Husanov — haqiqatan ham juda istiqbolli oʻyinchi. Baʼzida u haddan tashqari agressiv harakat qiladi, lekin bu vaqt oʻtishi bilan toʻgʻirlasa boʻladigan jihatlardir”, — deyiladi materialda.

Eʼtiborlisi, ushbu roʻyxatdan Abduqodir Husanov bilan bir qatorda jahon futbolining eng taniqli yulduzlari Federiko Valverde (“Real Madrid”), Bernardu Silva (“Manchester Siti”), Xarri Maguayr (“Manchester Yunayted”) ham joy olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер