Abdulaziz Komilov Qatarga boradi
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018 yilning 2-4 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Qatar davlatida bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Doha shahrida Qatar bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad Ben Abdel Rahman Ben Jasem At-Tani bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi va ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish istiqbollari, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolarni muhokama qilishi rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring