Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili bilan telefon orqali muloqot qildi
Kecha Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili, Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Jozep Borrel bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” va “Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” shaklida boʻlib oʻtadigan tadbirlar muhokama qilindi.
Afgʻonistondagi bugungi vaziyat yuzasidan fikr almashildi. Yevropa tomoni Oʻzbekistonning qoʻshni mamlakatda tinchlik va barqarorlikni oʻrnatishga koʻmaklashish hamda afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlarini yuqori baholadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring