931 ta nodavlat bogʻcha faoliyati toʻxtatilgani sabablari maʼlum qilindi 

09:23 16 Dekabr 2021 Jamiyat
1983 0

Maktabgacha taʼlim vazirligi xabariga koʻra, 931 ta nodavlat bogʻcha kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yetarli darajada boʻlmagani sababli vaqtincha oʻz faoliyatini toʻxtatgan

Ushbu maktabgacha taʼlim tashkilotlari issiqlik tizimi sozlanib, kamchiliklar bartaraf etilganidan soʻng yana qayta faoliyatini tiklaydi.

2021-yil 13-dekabr holatiga koʻra, 88,9 ming tonna koʻmir mahsuloti maktabgacha taʼlim tashkilotlariga yetkazib berildi.

Joriy yilda respublikadagi 2 ta MTT toʻliq mukammal taʼmirlanib, 835 tasida joriy taʼmirlash ishlari yakunlandi. Buning uchun jami 132,3 mlrd. soʻm mablagʻ moliyalashtirildi. 

Shuningdek, 11 ta MTTda joriy taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер