90 kg. yaqin giyohvandlik vositalari kontrabandasiga chek qoʻyildi — DXX
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Tojikiston Respublikasidan olib kelingan katta miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi.
Jumladan, oʻzbek-tojik davlat chegarasining Sariosiyo tumani Chashma qishlogʻi hududidan oʻtgan qismida 4 dona ryukzakda 39 kg. 409 gr. “geroin”, 35 kg. 745 gr. “opiy” va 14 kg. 545 gr. “gashish” moddalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Hozirda holat yuzasidan DXX Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ushbu umumiy ogʻirligi 89 kg. 699 gr. boʻlgan giyohvandlik vositalari egalarining shaxsiga aniqlik kiritish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring