9 oyda Samarqanddan 4,5 ming tonna turshak eksport qilindi
Samarqand viloyatining tadbirkorlik subyektlari quritilgan oʻrik (turshak) mahsulotlarini yetishtirish, quritish, navlarga ajratish boʻyicha yuqori natijalarga erishib kelmoqda. Joriy 2020-yilning oʻtgan 9 oyi davomida umumiy qiymati 5 795,4 ming AQSH dollarlik vazni 4,5 ming tonna turshak mahsulotlari jahon bozorining turli nuqtalariga eksport qilindi.
Viloyatdan turshak mahsulotlari asosan Iroq,Turkiya, Rossiya, Belorussiya va Ukrainaga eksport qilingan.
Maʼlumot tariqasida shuni aytib oʻtish joizki, bugun viloyatdagi 100 dan ortiq korxonalar tomonidan turshak mahsulotlarini eksport qilish yoʻlga qoʻyilgan.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring