Gaz “zapravkalari“ 30,4 mlrd. soʻmlik gazni oʻgʻrilagani maʼlum boʻldi
Joriy yilning 22-noyabr kunidan 1-dekabrgacha “Oʻzneftgazinspeksiya“, Majburiy ijro byurosi hamda “Hududgaztaʼminot” AJ xodimlari va “Oʻzstandart” agentligi mutaxassislari tomonidan Respublikada joylashgan 72 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH)da tabiiy gazni qabul qilish holati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra 16 ta korxonalar tomonidan gaz hisoblash uskunasiga (Avtopilot va Avtopilot pro) tashqi taʼsir koʻrsatilganligi natijasida gaz taʼminoti korxonasiga jami 30 mlrd 441 mln soʻm zarar keltirilganligi aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Jumladan, Yangiyoʻl tumanida joylashgan “Yuksak samara metan gaz” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 267,2 ming metr kub (1 mlrd 267 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
“Ravnak gaz metan servis” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 979,2 ming metr kub (979 mln 200 ming soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
“Xamkor gaz servis” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd 8 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Bekobod shahrida joylashgan “Pegas petrolium gaz” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 478,4 ming metr kub (1 mlrd 478,4 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Angren shahrida joylashgan “Yangiyoʻl metan gaz” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 3 564,0 ming metr kub (3 mlrd 546 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Ohangaron tumanida joylashgan “Optima gaz servis” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 1 008,0 ming metr kub (1 mlrd 8,0 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Yuqori Chirchiq tumanida joylashgan “Oqqoʻrgʻon eko gaz” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 604,8 ming metr kub (604,8 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Oʻrta Chirchiq tumanida joylashgan “Toʻytepa voxa gaz” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 756,0 ming metr kub (756,0 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Sirdaryo tumanida joylashgan “ZIYO NUR METAN” MCHJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga kolibrovka koʻrsatkichlariga oʻzgartirish kiritilganligi natijasida uskuna tabiiy gaz sarfini kam koʻrsatishiga olib kelgan. Ushbu korxonaga jami 11 844 ming metr kub (11 mlrd 844 mln soʻm) qayta hisob – kitob qilindi.
Xabarga koʻra, yuqorida koʻrsatilgan barcha korxonalarda aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi mutaxassislari tomonidan tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring