70 foiz dorixonalarda allaqachon niqob qolmagan. Yoxud 5000 soʻmlik “maskalar”
Oʻzbekiston isteʼmolchilari huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi yurtimiz hududidagi dorixonalarda sotilayotgan niqoblar narxini oʻrgandi.
Dorixonalar odamlarning sogʻligʻi uchun emas, balki allaqachon moʻmaygina daromad koʻradigan shaxsiy biznesga aylanib ulgurgan. Buning yorqin dalili esa, koronavirus haqidagi xabar tarqagandan soʻng niqoblarning narxini avtomatik tarzda koʻtarilganidan koʻrishimiz mumkin. Keling, yaxshisi buni faktlar orqali koʻrsatamiz.
Respublika markazi hisoblangan Toshkent shahrida allaqachon niqob yetishmovchiligi bor, bu 60 foiz dorixonalarni tashkil qiladi. Bor boʻlsa ham 1000 soʻmdan 5000 soʻmgacha.
Toshkent viloyatining 60 foiz dorixonasida 1500-2000 dan soʻmgacha niqoblar sotiladi.
Namangan viloyatining 50 foiz dorixonasida esa 2000 soʻmdan sotilyapti.
Fargʻona viloyatida esa bu koʻrsatkich 50 foiz dorixonalarda 1000 soʻmni tashkil qilmoqda.
Andijon viloyatida deyarli 100 foiz dorixonalarda niqoblarning narxi 1000 soʻmdan 1500 soʻmgacha.
Xorazm viloyatida oʻrtacha koʻrsatkich 1500 soʻm, ammo 70 foiz dorixonalarda niqob yetishmovchiligi mavjud.
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida esa deyarli 90 foiz dorixonada niqob yoʻq. Bor boʻlsa ham, 1500 soʻmdan.
Navoiy viloyatining 70 foiz dorixonasida umuman niqob yoʻq.
Sirdaryo viloyati, 85-90 foiz dorixonada niqob tugagan, narxi esa 1000 soʻmdan 1200 soʻmgacha.
Buxoro viloyatidagi dorixonalarning 70 foiz dorixonasida 1500 soʻmdan 2000 soʻmgacha narxlarda niqoblar sotilmoqda, 30 foizida esa 1000 soʻmdan sotilmoqda
Jizzax viloyatidagi niqoblar narxi 500 soʻmdan 5000 soʻmgacha
"Koronavirus haqidagi xabar tarqaganidan hech qancha vaqt oʻtmay dorixonalarda niqoblarning narxlari shu tarzda sezilarli oshdi. Bu hali dorixonalarning siz bilan biz bilgan “biznes”i, bilmaganlarimizga esa aniqlik kiritib albatta sizga bayon qilamiz" deyiladi Federatsiya maʼlumotida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring