7 mlrd. miqdorda soʻm zarar keltirgan noqonuniy “mayning-ferma” faoliyatiga chek qoʻyildi
Fargʻona viloyati IIB Kiberxavfsizlik boʻlinmasi tomonidan tegishli mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda Andijon shahrida yashovchi 22 yoshli I.M. noqonuniy “mayning ferma” tashkil qilganligi aniqlandi.
Ushbu “mayning-ferma” elektr tarmogʻidan noqonuniy foydalanishi natijasida 7 mlrd. soʻm miqdorda moddiy zarar yetkazganligi maʼlum boʻldi.
Mazkur holat yuzasidan OʻzR JKning 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov, tezkor-qidiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 8 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring